Shifokor maslahati

Gaymorit qanday kasallik va unga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?


Kunlar sovib ketishi natijasida mavsumiy kasalliklar xavfi oshib bormoqda. Ko‘pincha sochimizni yaxshi quritmasdan ko‘chaga, ishga va o‘qishga shoshamiz. Bu esa yuqori nafas yo‘llarini shamollashiga olib keladi. Gaymorit ana shunday kasallik hisoblanadi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari

Gaymorit kasalligining asosiy sababi yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi bo‘ladi, shu sababli kuz-qish mavsumida bu kasallik rivojlanishi avj oladi. Bundan tashqari, ba’zi bir kasalliklarni davolamaslik gaymoritni keltirib chiqarishi mumkin, ular:

    • Rinit (burun yo‘llari shilliq qavati shamollashi) bilan kechuvchi allergik reaksiyalar;
    • Burun devorining deformatsiyasi (qiyshayishi) va natijada sinusda havo aylanishi buzilishi;
  • Surunkali infeksiyalar — faringit (halqum shamollashi), tonzillit va h.k.

O‘tkir gaymorit gripp belgilari fonida rivojlanadi. Alomatlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

    • Isitma;
    • Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
    • Yuqori jag‘ va burun sohasidagi og‘riq;
    • Kuchli tumov;
  • Bosh og‘rig‘i, ko‘z sohasidagi og‘riqlar.

Surunkali gaymorit va uning belgilari:

    • Surunkasiga kechayotgan rinit (burun yo‘llari shilliq qavati shamollashi);
    • Ko‘z sohasidagi og‘riqlar;
    • Kon’yuktivit- ko‘z shamollashi;
  • Ko‘pincha bosh og‘rig‘i.

Gaymorit asoratlari

Agar gaymoritni davolashda kechikishlar bo‘lsa, bu kasallik meningit va ensefalit kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ko‘z va quloq yallig‘lanishi kasalliklarini keltirib chiqaradi ham. O‘tkir sinusitni rentgenografiya yordamida tashxis qilish juda oson. Surunkali shaklini aniqlashda shifokor malakasi, kompyuter tomografiyasi yordam beradi. Aniq tashxis qo‘yilsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish imkoniyati tug‘iladi.

Gaymorit kasalligini davolash

Ayni paytda gaymoritni davolashning ko‘p usullari mavjud, lekin qay darajada samarali ekanligi so‘roq ostida.

Davolash usullari

    • Antibiotiklar;
    • Shilliq ajralishini sekinlashtiruvchilar;
    • Burun bo‘shliqlarini yuvish;
    • Burun bo‘shliqlarini teshish;
  • Gaymorotomiya (bo‘shliqlarni tozalash uchun o‘tkaziladi);

Jarrohlik amaliyoti

Gaymorotomiya — og‘ir hollarda gaymor bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish va yiringli massadan, poliplardan, zamburug‘ va boshqa infeksiyalardan tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu amaliyot o‘ta samarali, murakkab emas va ortiqcha asoratlar qoldirmaydi.

Gaymoritning oldini olish

Har qanday kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olish ming bor afzal. Kasallikning oldini olish uchun o‘z vaqtida stomatolog ko‘rigidan o‘tib turing, sovuq havoda ko‘p yurmang, sovuqda bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqmang, shamollash va grippni o‘z vaqtida davolang. Sport bilan hech bo‘lmaganda kuniga 10-20 daqiqa shug‘ullaning

Does one really know what to incorporate with your Internet based Editor cv? Perspective numerous Over the internet Editor go back to illustrations to discover the most suitable structure, verbs, and typefaces to work with .

In many cases, it is custom thesis writing the system essay writing service that is failing.

Agar saytda imlo xatolarni ko’rsangiz belgilab “Ctrl+Enter”ni bosing!Ctrl+Enter.